AVLONIY ASARLARI – PEDAGOGLARGA DASTURIL AMAL YOHUD TA'LIM-TARBIYANING O'RNI
Keywords:
zimmalariga, Shavkat, mutaxassisi, kamolgaAbstract
Bugun shu ulug‘ zaminda tinch va totuv yashab turgan ekanmiz, bir lahza bo‘lsada bizga berilgan bu ne’matlarning qadrini unutmasligimiz va doimo ilm talabida umr kechirmog‘imiz kerak. Inson hamisha buni tafakkur qilmog‘i lozim. Insonning qachon tafakkuri o‘tkir bo‘ladi? Qachonki, ilm-u ma’rifatga, go‘zal tarbiyaga ega bo‘lsagina. Bizga sir emaski, yurt tinchligi va ravnaqi hamisha xalqning ilm-u ma’rifatiga chambarchas bog‘liq bo‘lib kelgan. Modomiki, shunday ekan, yetishib chiqayotgan yosh avlodning ta’lim-tarbiyasiga also sustkashlik bilan qarab bo‘lmaydi. Bu mas’uliyatli vazifani esa albatta pedagoglar o‘z zimmalariga olishadi. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek “O‘qituvchi va murabbiylar - yangi O‘zbekistonni barpo etishda katta kuch, tayanch va suyanchimizdir”.[1] Qaysi soha vakili bo‘lmasin, albatta ularga ta’lim tarbiyani pedagog (ustoz)lar berishadi. Agar pedagog o‘z kasbining fidoiysi, o‘z kasbining har tomonlama yetuk mutaxassisi, hamda kamolga yetgan shaxsi bo‘lmas ekan, yetishib chiqayotgan yosh avlodning tanazzuli muqarrardir
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.