ORGANIK KIMYOGA OID TAJRIBALARNI O‘RGANISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Main Article Content
Abstract
Jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida ta'lim tizimi oldida ulkan vazifalar turibdi. Mamlakatimizda o qituvchilarga juda katta mas'uliyat yuklangan. Vatanimizning kelajagi ularning fidokorona va xayrli mehnatlarining samarasiga bog?liq. Bu faxrli vazifani bajarish uchun o qituvchilar o zi xar tomonlama yetuk va shakllangan bo lishi lozim. O qituvchilik bu kasbdir. Kimyo o qituvchilari talaba va o?quvchilarni kimyo fanining asoslari bilan shakllantiradi , ularning qobiliyatini rivojlantiradi, ularda ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi. Buning uchun egallangan bilim va ko nikmalarni pedagogika, psixologiya, kimyo va uni o qitish metodikasi sohalarida aniq o quv-tarbiyaviy vazifani yechish uchun qo llay olish zarur. O qituvchiga qo yilgan kasbiy talablar kimyo o qitish metodikasi kursining metodologiyasini belgilab beradi. Kimyo o qitish metodikasining nazariy asoslari (kimyo o qitish metodlari tizimi) va uning natijalarini nazorat kodlash, maktab kimyo xonasi jihozlari tizimi, kimyo xonasida bajariladigan ishlarda rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi hamda uning qoidalariga rioya qilish, har qanday o qitish vositasini saqlash va ishlatish tartibini, ukdgishning texnik vositalari, ularning didaktik imkoniyatlarini bilishi va unga amal qilishi lozim.